logo desktop vidkino
Kirish
Yo‘l ko‘rsatgan yulduz

Yo‘l ko‘rsatgan yulduz

Bo ismli eshakning hayoti aylanish bilan o‘tadi. To‘g‘ri ma’noda, chunki u tegirmon toshini aylantiradi. Lekin Bo doimo erkin bo‘lishni orzu qiladi. Shuning uchun, uning eng yaxshi do‘sti, kabutar...

9/10
1 ovozlar

Chiqarilgan yil

2017

Janr

Multfilmlar, fantastika, семейный, приключения

Davomiylik

1 ч

Mamlakat

США

Tavsif

Iso Masihning tug'ilishi tegirmonda tosh aylantirgan eshak nuqtai nazaridan. Multfilm bosh qahramoni fermada tinimsiz mehnat qilgan Bo ismli ho‘tik. Uning bir orzusi bor – bo'ynidagi bo'yinturuqdan ozod bo‘lish, shoh karvoniga qo‘shilib, shaharma-shahar sayohat qilish, butun dunyoni kezish, boshqa tirik mavjudotlar bilan uchrashish va hayotida e’tiborga sazovor bir ish qilish. Bir kuni osmonda yulduz paydo bo'ladi, uni ko‘rgan xo‘tikning negadir orzusiga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanadi. Do'sti kaptar Deyvning yordami bilan Bo tegirmonchidan qochib ketadi, lekin uzoq kutgan orzusi ro‘yobga chiqmaydi va u shohning otxonasiga emas, Yusuf ismli bir duradgor va uning rafiqasi Maryamning uyiga kelib qoladi. Farishtaning so'zlariga ko'ra, bu ayol Xudo tomonidan tanlangan va Masihni dunyoga keltirishi kerak edi. Bu yerda xo‘tik yangi do'stlar orttiradi – maftunkor qo'zichoq Rut va quvnoq tuyalar Dobira, Kir va Feliks. Ular birgalikda Baytlahmga borishadi va eng birinchi Mavlud bayramida alohida rol o'ynaydilar.

Yulduz" (The Star, 2017) – kichik ho‘tik Bo va uning sodiq do‘stlari Iso Masihning tug‘ilishi bilan bog‘liq mo‘’jizaviy sarguzashtlarga sho‘ng‘iydi. Ular Baytlahmga yo‘l olarkan, ulkan sinovlar va qiziqarli voqealarga duch kelishadi. Mehribonlik, do‘stlik va umid haqida hikoya qiluvchi ushbu animatsion filmni onlayn bepul va yuqori sifatda tomosha qiling!

Ushbu sayt cookie-fayllardan foydalanadi

Sayt ishini ta'minlash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Ushbu saytni ishlatishni davom ettirsangiz, cookie-fayllarni qabul qilgan hisoblanasiz.